Adam Reed
Adam Michael Reed (1991-yil 8-mayda tugʻilgan), shuningdek,
Adam Tull ismi bilan tanilgan professional futbolchi — Tailand 1-ligasining „Ratchaburi Mitr Phol“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Angliyada tugʻilgan, Filippin terma jamoasi vakili.
Faoliyatini „Sunderland“da boshlaganidan soʻng, Reed ith Brentford, Bradford City, Leyton Orient, Portsmouth va York City klublarida ijarada oʻynagan. U 2013-yilda Burton Albion bilan shartnoma imzolagan va erkin agent boʻlganidan keyin 2014-yilda York City bilan ikkinchi marta qayta shartnoma tuzgan.
Klublardagi faoliyati
Reed Durham okrugining Xartlpul shahrida tugʻilgan boʻlib asli kelib chiqishi filippinlik. U sakkiz yoshida „Sunderland“ning yoshlar jamoasida oʻynagan. 2011-yilning 21-fevralida u bir oylik ijara shartnomasi asosida League One klubi Brentfordga qoʻshildi. 2011-yil 5-mart kuni u oʻz shahrining asosiy jamoasida debyut qildi.
Reed 2011-yil 29-sentyabrda League Two klubi Bradford City bilan bir oylik ijara shartnomasi tuzdi. U 2011-yil oktabr oyi oxirida Sunderlandga qaytib keldi. 2012-yilning 8-martida Reed 2011-12-yilgi mavsumning qolgan qismini Leyton Orient klubida oʻtkazdi.
2012-13-yil oxirida Reedni „Sunderland“ erkin agent sifatida qoʻyib yubordi. 2013-yil 18-iyun kuni Reed League Two klubi Burton Albion bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Reed 2014-yilning 4-yanvarida Burton bilan xayrlashganidan keyin 2013-14-yil oxirigacha York City jamosida toʻp surdi. U 2014-yilning may oyida klub tomonidan erkin agent sifatida qoʻyib yuborildi.
2016-yil yanvar oyida Reed United Football League klubi Stallion bilan shartnoma imzoladi.
Reed 2018-yilning yanvarida Filippin futbol ligasi klubi Davao Aguilas bilan shartnoma imzolagan. 2018-yilgi mavsumdan soʻng Davao Aguilas barcha oʻyinchilarini erkin agent sifatida qoʻyib yubordi.
2019-yil fevral oyida Reed Tailand 1-ligasining Chainat Hornbill klubi bilan shartnoma imzoladi.
Reed 2020-yilning yanvarida Malayziya Superligasining „Pahang“ jamoasiga qoʻshildi.
Terma jamoadagi faoliyat
2017-yil noyabr oyida Reed Tayvanda boʻlib oʻtgan 2017-yilgi CTFA xalqaro turniri uchun Filippin terma jamoasiga jalb etildi. U 2017-yilning 1-dekabrida Laosga qarshi oʻyinda (3:1) birinchi oʻyinini oʻtkazdi.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub
Terma jamoadagi statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org