Adam Przybek





Adam Jozef Przybek (talaffuzi: Adam Jozef Prjibek) (2000-yil 2-aprelda tugʻilgan) — uelslik professional futbolchi. U „Walsall“ futbol klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.



Klubdagi faoliyati



Adam Przybek oʻzining futbolchilik faoliyatini „West Bromwich“ futbol klubida boshlagan. U 2018-yilning mart oyida ijara shartnomasi asosida „Worcester City“ futbol klubi jamoasiga oʻtgan. 2018-yil oktyabr oyida Adam Przybek „Gloucester City“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshilgan va klub jamoasi safida beshta oʻyinda maydonga tushgan. Shundan soʻng, u „West Bromwich“ futbol klubi safiga qaytgan.


2019-yilda „West Bromwich“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Adam Przybek Birinchi liga vakili „Ipswich Town“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U jamoa safidagi ilk oʻyinini 2019-yilning 4-dekabrida „Peterborough United“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan.


Przybek 2020-yil oktyabr oyida bir oylik ijara shartnomasi asosida „Braintree Town“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.


2020-yil 4-dekabrda Adam Przybek 2021-yilning 3-yanvarigacha ijara asosida „Concord Rangers“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.


2021-yilning 21-yanvarida Przybek Milliy liga vakili „Chesterfield“ futbol klubiga mavsum oxirigacha ijara asosida qoʻshilishga rozilik bildirgan.


2021-yilning aprel oyida „Ipswich“ futbol klubi Przybekning shartnoma muddati tugaganidan keyin 2020—2021-yilgi mavsum oxirida klubni tark etishini eʼlon qilgan.


U 2021-yilning iyul oyida „Wycombe Wanderers“ futbol klubiga qoʻshilgan, ammo 2022-yilning may oyida klubni tark etgan.


2022-yil 21-iyunda Adam Przybek Ikkinchi liga vakili „Walsall'“ futbol klubi safiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshilgan.


2022-yil 2-noyabrda Przybek „Walsall“ futbol klubini oʻzaro kelishuv asosida tark etgan.



Faoliyat statistikasi



2021-yil 6-noyabr holatiga ko'ra;

Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz