Adam Marušić
Adam Marushić (1992-yil, 17-oktyabrda tugʻilgan) — chernogoriyalik professional futbolchi, A Seriya klubi Lazio va Chernogoriya terma jamoasida oʻng yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Voždovac
Marušić Vozdovac klubi bilan Serbiya futbol piramidasining uchinchi bosqichida debyut qilgan. Vozdovac klubidagi ikki mavsumdan soʻng u Superligada debyut qildi. 2013-14-yilgi mavsumda Marušić oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kortrijk
2014-yilning 18-iyunida Marušić KV Kortrijk klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi, uning transferi 450 000 yevroni tashkil qildi. 2014-yilning kuziga kelib u allaqachon Kortrijk klubining asosiy oʻn birligida asosiy oʻyinchiga aylangandi.
Oostende
2016-yilning 27-iyunida Marušić KV Oostende klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi, uning transferi 900 000 yevroni tashkil qildi.
Lazio
2017-yilning 1-iyulida Marušić Lazio klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U klub safidagi ilk golini 24-sentyabr kuni mehmonda Hellas Veronaga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi.
Lazio klubining 2021-yil, 31-dekabrda yakunlangan moliyaviy hisobotida Marušić klub bilan shartnomasini 2024-yilgacha uzaytirgani tasdiqlandi.
Xalqaro faoliyati
Marušić Belgradda tugʻilgan boʻlsada, Chernogoriya terma jamoasida oʻynash taklifini qabul qildi. U Chernogoriya terma jamoasi safida 2015-yilning 27-mart kuni Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda rossiyalik darvozabon Igor Akinfeevning boshi bilan toʻqnashib ketganidan so‘ng oʻyin to‘xtatib qo‘yilgan edi.
2021-yil, 1-sentyabr kuni Marušić o‘zining ilk xalqaro golini 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda kiritdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2022-yil, 13-noyabr holatiga ko'ra[12]
Xalqaro
2022-yil, 20-noyabr holatiga ko'ra[13]
Xalqaro statistikasi Ballar va natijalar birinchi boʻlib Chernogoriyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
Yutuqlari
Lazio Manbalar
uz.wikipedia.org