Adam Davies





Adam Rhys Davies (talaffuzi: Adam Ris Davis) (1992-yil 17-iyulda tugʻilgan) — professional futbolchi. Adam Davies „Sheffield United“ futbol klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. Adam Davies Germaniyada tugʻilgan, Uels milliy futbol terma jamoasi vakilidir.


Adam Davies oʻz faoliyatini „Everton“ futbol klubi akademiyasida boshlagan. Keyinchalik Adam Davies „Sheffield Wednesday“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Adam Davies „Wednesday“ klubi tarkibida hech qanday oʻyin oʻtkazmagan va 2014-yil iyun oyida „Barnsley“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Adam Davies „Barnsley“ futbol klubi safida 2015—2016-yilgi mavsumdan 2018—2019-yilgi mavsumgacha maydonga tushgan. Shundan soʻng, 2019-yil iyun oyida Adam Davies „Stoke City“ futbol klubiga qoʻshilgan.




Yoshligi



Adam Davies Quyi Saksoniyaning Rinteln shahrida tugʻilgan.Adam Daviesning otasi Britaniya Qurolli kuchlarida xizmat qilayotganda Germaniyada boʻlgan. Keyinchalik, Adam Daviesning oilasi Warringtonga koʻchib oʻtgan, u yerda Adam Davies Buyuk Sankey oʻrta maktabida oʻqigan.



Xalqaro faoliyati



Adam Davies Uels milliy futbol terma jamoasiga 2016-yilning 4-oktyabrida chaqirilgan edi. Adam Davies Uels milliy futbol terma jamoasi safida 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Avstriya milliy futbol terma jamoasi va Gruziya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan edi. Adam Davies Uels milliy futbol terma jamoasi safidagi debyut oʻyinini 2019-yil 20-mart kuni Wrehamdagi Racecourse Groundda Trinidad va Tobago milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) oʻtkazdi. Bu uchrashuvda Adam Davies oʻyinning ikkinchi yarmida maydonga tushirildi. 2020-yil oktyabr oyida Adam Davies Uels milliy futbol terma jamoasi safida Bolgariya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda ham (1:0 hisobida gʻalaba) zaxiradan (oʻyinda jarohat olgan Wayne Hennesseyning oʻrniga) maydonga tushdi. 2021-yil may oyida Adam Davies kechiktirilgan 2020-yilgi UEFA Yevropa chempionati turniri uchun Uels milliy futbol terma jamoasitarkibiga kiritildi.



Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlar



Barnsley




Individual




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz