ADABIYOT VA SAN’AT NASHRIYOTI, G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti — O’zbekiston nashriyotlaridan biri. Toshkent shahrida joylashgan. 1957 yilda O’zbekiston davlat nashriyoti adabiy-badiiy bo’limlari negizida tashkil etilgan, O’zbekiston davlat badiiy-adabiyot nashriyoti deb atalgan. 1964 yilda “Toshkent” badiiy adabiyot nashriyoti nomi berilgan. 1966 yildan G’afur G’ulom nomi bilan ataladi. 1970 yildan hozirgi nomda. Nashriyot tomonidan hozirgi va mumtoz o’zbek adabiyoti hamda folklor asarlari nashr etiladi. Shuningdek xorijiy adiblarning asarlari, turli san’at asarlari, albomlar, plakatlar, otkritkalar va boshqalar chop etiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish