Adabiyot nazariyasi
Adabiyot nazariyasi — adabiyotshunoslik fanining bir boʻlimi. Badiiy adabiyot, uning jamiyat hayotida tutgan oʻrni va ahamiyati, yaratilish qonuniyatlari, taraqqiyot yoʻllarini, badiiy asarning tasviriy hamda ifoda vositalari, tarkibiy qismlari, adabiy turlar va janrlarini oʻrganadi. Adabiyot nazariyasi badiiy soʻz sanʼatining ijodiy tajri-balariga asoslanib, oʻzining barcha na-zariy xulosalarini yaxlit bir davr yoki davrlarning badiiy soʻz mahsuli hamda ayrim badiiy asarlarining tahlilidan, tarixiy-adabiy jarayonni oʻrganishdan keltirib chiqaradi. Badiiy adabiyotni bevosita yaratuvchilarning adabiy ijod haqida aytgan fikrlari ham Adabiyot nazariyasi tomonidan eʼtiborga olinadi, ammo bu borada Adabiyot nazariyasi badiiy ijod tajribalari-da tasdiqlangan ijodiy haqiqatlarga 175murojaat qilib boradi. Adabiyot nazariyasi adabiyotning boshqa ijtimoiy ong shakllaridan farqli jihatlarini ham belgilab beradi. Sanʼat turi sifatida adabiyotning uziga xosligi uning soʻz vositasida ob-raz yaratishida koʻzga tashlanadi. Shuning uchun ham Adabiyot nazariyasi da badiiy, obrazli tasvir va ifoda masalalari ham oʻrganiladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org