Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sohiblari
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (shvedcha: Nobelpriset i litteratur) – har yili Shvetsiya akademiyasi(ingl.)oʻzb. tomonidan adabiyot sohasidagi ulkan hissalari uchun mualliflarga beriladi. Bu kimyo, fizika, tinchlik, fiziologiya va tibbiyot sohasidagi ulkan hissalari uchun beriladigan 1895-yilda Alfred Nobel vasiyatiga koʻra taʼsis etilgan beshta Nobel mukofotidan biridir. Nobel vasiyatiga koʻra, mukofot Nobel jamgʻarmasi tomonidan boshqariladi va Shvetsiya akademiyasi tomonidan beriladi. Adabiyot boʻyicha birinchi Nobel mukofoti 1901-yilda fransuz adibi Sully Prudhommega berilgan. Har bir sovrindor medal, diplom va pul mukofotini oladi. 1901-yilda Prudhomme 150 782 shved kronasi olgan edi, 2018-yil yanvar holatiga koʻra, bu summa 8 823 637 kronaga teng. Mukofot Stokgolmda har yili 10-dekabrda, Nobel vafot etgan kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanali marosimda topshiriladi.
Shu paytgacha adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti 119 kishiga berilgan. Eng yosh laureat Rudyard Kipling boʻlib, 1907-yilda mukofotlangan paytida 41 yoshda edi. Mukofotni olgan eng keksa laureat Doris Lessing boʻlib, 2007-yilda mukofotlangan paytida 88 yoshda edi. 1931-yilda Erik Axel Karlfeldtga vafotidan keyin berilgan. 1958-yilda rossiyalik Boris Pasternak Sovet Ittifoqi hukumati bosimi ostida mukofotni ochiqchasiga rad etishga majbur boʻlgan. 1964-yilda Jean-Paul Sartre adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini olishni istamasligini maʼlum qildi, chunki u oʻtmishda barcha rasmiy mukofotlardan doimiy ravishda voz kechgan. Biroq, Nobel qoʻmitasi rad etishlarni tan olmay, Pasternak va Sartreni Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxatiga kiritadi.
Oʻn yetti nafar ayol adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Mukofot ikki kishiga berilgan toʻrtta holat boʻlgan (1904, 1917, 1966, 1974). Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti yetti yilda berilmagan edi: 1914, 1918, 1935 va 1940—1943-yillarda. Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bir yilga kechiktirilgan uch yil boʻlib, mukofotlar keyingi yilning oktyabr oyida oʻz egalariga berildi: 1915, 1949 va 2018. 2022-yil holatiga koʻra, adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sohiblari ichida 29 nafar ingliz tilida, 16 nafar fransuz tilida, 14 nafar nemis tilida soʻzlashuvchilar bor. Fransiya esa, eng koʻp Nobel mukofotiga sazovor boʻlganlar mamlakatidir.
Mukofot sovrindorlari roʻyxati
Tugʻilgan joʻgʻrofiyasi boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
Mamlakatlar boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
1901-yildan 2022-yilgacha adabiyot boʻyicha 119 ta Nobel mukofoti sovrindorlari quyidagi mamlakatlar fuqarolaridir:
Til boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari
Rabindranath Tagore (1913-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sohibi) bengal va ingliz tillarida, Samuel Bekket (1969-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti) fransuz va ingliz tillarida, Jozef Brodskiy (1987-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti) rus tilida sheʼr va ingliz tilida nasr yozgan. Ushbu uchta Nobel mukofoti sohibi mos ravishda bengal, fransuz va rus tillari boʻyicha saralangan.
Karl Adolf Gjellerup (1917-yilgi Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sohibi) daniya va nemis tillarida yozgan.
Jins boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
1901-yildan 2022-yilgacha adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan 119 kishidan 17 nafari ayollar, 102 nafari erkaklar edi:
Manbalar
uz.wikipedia.org