ADABIY YODGORLIK – biror xalqning muayyan davrdagi hayoti, tili va madaniyati, urf-odatlari haqida ma’lumot beruvchi og’zaki yoki yozma adabiyot namunasi. Adabiy yodgorlik muayyan adabiyotning paydo bo’lishi va shakllanishida muhim adabiy-tarixiy ahamiyatga ega. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarlari turkiy xalqlarning mushtarak Adabiy yodgorligi, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, etnografiyaga oid qimmatli manbalardir. Ularning bizgacha qo’lyozma nusxalari yetib kelgan. Adabiy yodgorliklarning ba’zilari, masalan, “To’maris” afsonasining mazmuni yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” kitobi, “Shiroq” afsonasining mazmuni yunon tarixchisi Poliyenning “Harbiy hiylalar” kitobi orqali yetib kelgan. Ad.: O’zbek adabiyoti tarixi, 5 jildli, 1-j. T., 1977; Rahmonov N., Toshga bitilgan kitoblar, T., 1983.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish