Acxiom





Acxiom korporatsiyasi Amerika Qo'shma Shtatlarida joylashgan marketing va xizmat ko'rsatish bilan shugʻullanadigan kompaniya bo'lib, Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerikada filiallari mavjud. Acxiom marketing va axborot xizmatlarini taklif etadi, jumladan, ko'p kanalli marketing, to'g'ridan-to'g'ri pochta reklamasi, ma'lumotlar bazasini boshqarish. Acxiom yakuniy mijozlar haqidagi ma'lumotlarni to'playdi va tahlil qiladi.


Korporatsiya mijozlari moliya, sugʻurta, marketing, media, chakana savdo, tibbiyot, turizm, telekommunikatsiya kabi sohalarda faoliyat yurituvchi AQSH kompaniyalari hamda davlat sektori vakillaridir.


Korporatsiya ba'zan "siz hech qachon eshitmagan eng yirik kompaniyalardan biri" deb ta'riflanadi. U odamlar haqida turli ma'lumotlarni to'playdi, o'z mijozlariga reklama va biznes samaradorligini oshirishga yordam beradi. U shaxsiy ma'lumotlarning dunyodagi eng yirik qayta ishlovchisidir.




Tarixi



1969 yilda Arkanzasda tashkil etilgan.


2012 yilda kompaniya ma'lumotlarni saqlash va tahlil qilish uchun 23 000 dan ortiq serverlardan foydalangan. Taxminlarga ko'ra, kompaniya AQShning voyaga yetgan aholisining taxminan 80% haqida ma'lumotga ega, ammo ularning ma'lumotlar bazalarida 500 milliondan ortiq odam haqidagi yozuvlar mavjud.


2013-yil fevral oyida Acxiom Facebook bilan shartnoma tuzdi.



Tanqid



2005 yilda Acxiom ma'lumotlar brokerining an'analari uchun "eng yomon korporativ bosqinchi" (Worst Corporate Invader) uchun Big Brother mukofotiga nomzod bo'ldi.


2013 yilda Acxiom korporatsiyasi Federal Trade Commission tomonidan iste'molchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qanday to'plashi va ishlatishini aniqlash uchun tekshirilgan 9 ta kompaniyadan biri edi.



Ma'lumotlar xavfsizligi



2003 yilda kompaniyadan joʻnatish paytida 1,6 milliarddan ortiq yozuvlar o'g'irlangan. O'g'irlangan ma'lumotlar orasida ismlar, pochta manzillari va elektron pochta manzillari ham bor edi.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz