ACTIVIST





Activist ishi, shuningdek, Activistning qamalishi — Ijtimoiy tarmoqlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish boʻyicha videomateriallar tayyorlovchi bloger, ACTIVIST nomi ostida tanilgan Hojiakbar Nosirovning hibsga olinish hodisasi.




Qisqa maʼlumot



ACTIVIST (asli ismi Hojiakbar Nosirov; 1997-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) — YouTubedagi oʻzbek auditoriyasi orasida mashhurllika erishgan oziq-ovqat mahsulotlari blogeri.



Qamalishi



2023-yilning 8-aprel sanasida ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan bloger — ACTIVISTning qamalganligi haqida maʼlumotlar tarqala boshladi. Qamoqqa olinishing sababi oʻlaroq 2023-yilning 5-aprel sanasida oʻz auditoriyasi orasida baʼzi turdagi yogurt mahsulotlari tarkibida karmin moddasi borligi, uning islom dinida harom (taqiqlangan) ekanligi hamda uni isteʼmol qilmaslik kerakligi haqida chiqargan videosi sabab boʻlgan.


Shayxontohur tumani jinoiy ishlar boʻyicha sudi tomonidan blogerga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi (MJKning 184-3- (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) va 194-moddalariga (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan) tayinlangan. Uning yogurtlar haqida eʼlon qilgan videosi diniy-ekstrimistik video deya baholangan. Uning hibsga olinishi Oʻzbekistonda soʻz erkinligi bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan keskin muhokamalarga sabab boʻldi.



Munosabatlar



Oʻzbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi



Fatvo markazi rasmiylari karmin moddasi isteʼmoli boʻyicha boshqa davlatlar ulamolarining bergan fatvolarini iqtibos sifatida keltirib oʻtib, shunday munosabat bildirishdi:



Ushbu fatvolar ulamolar tomonidan e’lon qilingan bo‘lsada, zamonamizdagi ayrim ahli ilmlardan mazkur masalada ehtiyot yo‘lini tutishni tavsiya etganlari ham bor. Xulosa qilib aytganda, ulamolar ruxsat berib qo‘ygan tarafni olib ba’zi bir odamlar karmin moddasi qo‘shilgan mahsulotni iste’mol qilsa, taqvo va ehtiyot yo‘lini tutganlar ularni malomat qilmasliklari kerak[14].

— O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Ozodlikka chiqishi



Bloger 2023-yilning 23-aprel kuni soat 16:00 da ozodlikka chiqqanligi haqida turli manbalarda maʼlumotlar kelgan, biroq, oʻzi ozodlikka chiqqani haqida 10-may kuni rasmiy ijtimoiy tarmoqlaridagi hisoblarida video joylagan.



Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz