Aconitum plicatum
Aconitum plicatum — sariyogʻlilar (Ranunculaceae) oilasiga mansub zaharli oʻsimlik turi hisoblanadi.
Tarqalishi
Markaziy Evropada tarqalgan. Bogemiya, Sileziya, Bavariya va Shimoliy Avstriyaning togʻli hududlarida juda koʻp uchratish mumkin..
Oʻrnashishi
Subalp oʻtloqlari, soylar va oʻrmon chekkalarida ularni koʻproq kuztish mumkin.
Morfologiyasi
30-150 cm balandligiga teng boʻlgan tik oʻsadigan oʻsimlik hisoblanadi. Poyasimon barglari ellipssimon va 3-5 mm segmentli kengligida boʻladi. Gullar 2-3 cm uzunlikda, toʻq binafsha rangda va iyundan sentyabrgacha gullaydi. Follikula tipidagi meva koʻrinishida boʻladi.
Muhofaza qilish holati
Bu o oʻsimlik Chexiya va Polshada himoyalangan hisoblanadi.
Manba
uz.wikipedia.org