Acne Studios
Acne Studios — 1996-yilda ACNE ijodiy jamoasi tarkibida, Shvetsiyaning Stokgolm shahrida tashkil etilgan koʻp tarmoqli lyuks sinfidagi modalar uyi. Moda uyi erkaklar va ayollar uchun tayyor kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar va denim, shuningdek, maxsus ijodiy hamkorlik va bir martalik loyihalarni taklif etadi.
Tarixi
Acne Studios 1996-yilda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida grafik dizayn, filmlar, ishlab chiqarish va reklama bilan shugʻullanadigan ACNE ijodiy jamoasi tarkibida tashkil etilgan. ACNE nomi — Ambition to Create Novel Expressionsning qisqartmasidir. (Yangi koʻrinishlar yaratish ambitsiyasi).
Bugungi kunda brendning rasmiy nomi biroz oʻzgartirildi — Acne Studios. Muvaffaqiyat tarixi (1997) oʻziga xos tajriba boʻlgan uniseks jinsilarining kichik seriyasidan boshlandi.
Oʻshanda atigi 100 juft ishlab chiqarilgan va ular doʻstlar va mijozlar orasida qoʻlma-qoʻl boʻlib ketgan. Keyinchalik, minimalist uslubdagi Acne jinsi shimlarining birinchi toʻliq toʻplami maxsus detal — qizil chiziq bilan yaratildi.
Toʻplam nafaqat katta jamoatchilikning qiziqishini uygʻotdi, balki brendga Shvetsiyaning eng yaxshi doʻkonlarining javonlarida boʻlish imkoniyatini ham berdi. Va bir necha yil oʻtgach, Acne har bahor va kuzda oʻz toʻplamlarini yangilaydi. Wallpaper va Vogue tezda denimning mashhurligini payqashdi va hamkorlikni taklif qilishdi. 2006-yilda, Acne Studios mustaqil kompaniyaga aylandi va savdoni onlayn koʻrinishga oʻtkazib, Acne Film, Acne Advertising, Acne Digitaldan ajralib chiqdi.
Ishga tushirilgandan beri, Acne Studios Parij, London, Nyu-York, Los-Anjeles, Antverpen va Tokioni oʻz ichiga olgan butun dunyo boʻylab chakana savdo doʻkonlarida ayollar va erkaklar uchun pret-a-parte toʻplamlarni taklif qilish bilan jahon modalar uyiga aylandi. 2013-yilda Parij Moda haftaligida yiliga ikki marta namoyishi bilan 120 million dollar daromad qildi.
Mahsulotlari
Acne Studios erkaklar va ayollar uchun pret-a-porte kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar va denim ishlab chiqaradi.
Bahor, yoz va kuz, qishning asosiy ayollar toʻplamlari yiliga ikki marta Parij Moda haftaligida taqdim etiladi. Nyu-Yorkda ayollar kurort kiyimlari va kuz mavsumiga yaqin qolganda kiyiladigan kolleksiyalar, Parijda esa erkaklar kolleksiyalari yiliga ikki marta taqdim etiladi.
Acne Studiosning ekologik strategiyasiga koʻra, kompaniya uzoq muddatli, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. 2012-yilda ularning maqsadi ekologik jihatdan afzalroq materiallar va qoʻshimchalar miqdorini koʻpaytirish boʻlgan.
2014-yilda Acne Studios oʻzlarining „har doim qoʻlda mavjud“ mahsulotlarida ishlatiladigan barcha matolarning 20 foizini organik paxta yoki boshqa shunga oʻxshash ekologik barqaror materiallardan tayyorlashni maqsad qilgan.
Acne Paper
Acne Studios anʼanaviy marketing va reklama shakllaridan qochadi, buning oʻrniga „Acne Paper“ deb nomlangan yarim yillik jurnalni chop etish tanlangan. Jurnal sanʼat, moda, fotografiya, dizayn, arxitektura, fan va madaniyat fanlarini qamrab oladi. Har bir nashr oʻz bilim sohasining mutaxassislari tomonidan tanlangan mavzular atrofida qurilgan.
Acne Paper ishtirokchilari tarkibiga Carine Roitfeld, Noam Chomsky, David Lynch, Lord Snowdon, Azzedine Alaïa, Mario Testino, Sarah Moon, Tilda Swinton va Paolo Roversi kirishgan.
Doʻkonlar
Acne Studios dunyoning turli burchaklarida, jumladan Stokgolm, Kopengagen, Berlin, Nyu-York, Los-Anjeles, Melburn, Sidney, Antverpen, London, Parij, Oslo, Gonkong va Tokioda oʻzining xususiy firma doʻkonlariga ega. Stokgolm, Normalmstorgdagi Acne Studiosning flagman doʻkoni 1973-yilda bankni talon-toroj qilish va keyinchalik garovga olish hududi boʻlib, „Stokgolm sindromi“ atamasini keltirib chiqardi. Bu psixologik hodisa boʻlib, garovga olinganlar oʻz bosqinchilariga nisbatan hamdardlik, qiziqish va ijobiy his-tuygʻularni bildiradilar.
Hamkorlik
Acne Studios cheklangan toʻplamlarni ishlab chiqarish uchun ijodiy sohalar vakillari bilan faol hamkorlik qilgan.
Baʼzi misollar, dunyodagi eng qadimgi mototsikl ishlab chiqaruvchi Bianchi Bicyclesdan qator velosipedlarni, shved dizayneri Karl Malmsten tomonidan asos solingan divan mebellar liniyasini, Lanvin moda uyi bilan kapsula kolleksiyasini, rassom Katerina Jebbning badiiy installyatsiyasi va kolleksiyasi, Candy transseksual jurnali bilan bluzkalar toʻplami, Lord Snowdon bilan art-book va koʻk rangli koʻylaklar liniyasi, Uilyam Wegman bilan cheklangan nashrlar Uilyam Wegman, rodeo-mavzuli kitob va Los-Anjelesdagi Bryusdan ilhomlangan kapsulalar toʻplami, mavhum shved kashshofi Hilma af Klintga asoslanib kelib chiqqan kolleksiya va Liberty London bilan kapsula toʻplami.
Manbalar
uz.wikipedia.org