Achraf Baznani




Achraf Baznani Marokashlik rassom, kino rejissiyor hamda mahoratli fotografdir. U Marrakeshda tug’ilgan.[1]


Hayoti va ijodi



Baznani fotograflikni tasodifan boshlagan. U o’zining tug’ilgan kunida Kodak Ektra 250 kamerasini sovg’a tariqasida olgan. Baznani tez o’rganuvchan bo’lgan va hech qanday qo’shimcha fotograflik kurslariga bormagan. U bir qancha qisqa metrajli va hujjatli filmlar yaratgan. Ular orasiga“Oldinga” – 2006-yil va “Unitilgan” – 2007-yil kiradi. “Muhojir” – 2007-yilda yaratgan qisqa metrajli filmi bir qancha milliy va xalqaro unvonlarni qo’lga kiritgan.


Baznani birinchilardan bo’lib Arab dunyosida surreal - ya’ni fakt va fantaziya aralashgan hikoyalarni suratlar bilan kitob shaklida chiqargan mashhur ijodkor hisoblanadi. “Mening nigohimda” va “Hayolimda” nomli kitoblarida Baznani o’z kundalik hayoti va kulgili voqea - hodisalarni suratlar bilan tasvirlagan.


Uning ijodiy ishlari bir qancha jahon jurnallarida chop etilgan, Masalan, PicsArt, Mambo, Photo+, Amateur Photographer, Fotografe Melhor, Digital Photo jurnallari va boshqalar.


2014-yilda u o’zining “52 Loyiha” nomli ishini tamomladi. Bu loyihani bajarishda ijodkor yilning har haftasini o’z suratlarida aks ettirishga harakat qilgan.



Manbalar




Havolalar










uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz