Achitqidoshlar




Achitqidoshlar , turushdoshlar (Saccharomycetaceae) — xaltachalilar sinfining bir hujayrali zamburugʻlar oilasi. Koʻpchiligi kurtaklanib, ayrimlari boʻlinib urchiydi. Maʼlum sharo-itda ularda sporali xaltachalar yuzaga keladi. Hujayralari juda mayda, faqat mikroskop yordamida koʻrish mumkin, anaerob sharoitda qand moddalarining spirtli achishiga sabab boʻladi, bunda qand moddalari etil spirt bilan karbo-nat angidridga ajraladi. A. qadimdan xamir, pivo, vino (may) va spirt tayyor-lashda qoʻllanib kelingan. Oqsil, yogʻ va turli vitaminlarga boy boʻlganligidan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz