ACHITQIDOSHLAR



ACHITQIDOSHLAR, turushdoshlar (Saccharomycetaceae) — xaltachalilar sinfining bir hujayrali zamburug’lar oilasi. Ko’pchiligi kurtaklanib, ayrimlari bo’linib urchiydi. Ma’lum sharoitda ularda sporali xaltachalar yuzaga keladi. Hujayralari juda mayda, faqat mikroskop yordamida ko’rish mumkin, anaerob sharoitda qand moddalarining spirtli achishiga sabab bo’ladi, bunda qand moddalari etil spirt bilan karbonat angidridga ajraladi. Achitqidoshlar qadimdan xamir, pivo, vino (may) va spirt tayyorlashda qo’llanib kelingan. Oqsil, yog’va turli vitaminlarga boy bo’lganligidan oziq-ovqat va farmasevtika sanoatida foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz