Achchiq-chuchuk
Achchiq-chuchuk — pomidor va pi-yozdan mavsumiy tayyorlanadigan salat. Piyoz mayda toʻgʻralib, sovuq suvda yuvi-ladi, uning ustiga yupqa qilib pishgan pomidor, koʻk qalampir toʻgʻraladi, tuz sepib aralashtiriladi. Achchiq-chuchuk tayyorlashda 500 g pomidorga 1 — 2 bosh piyoz va taʼb-ga koʻra tuz, qalampir kerak boʻladi. Bun-day salat Fargʻona vodiysida shakarob nomi bilan mashhur. Unga yupqa va mayda toʻgʻralgan bodring ham qoʻshiladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org