Achchelio pishlog'i




Achchelio (ital. Acceglio) — Piedmont mintaqasida ishlab chiqarilgan italyan pishloqidir. Oʻzining kelib chiqishi joyi, Achchelio kommunasi nomi bilan atalgan. Yarim yumshoq pishloqlar qatoriga qiladi.


Piedmontdan tashqarida, achchelio pishloqi deyarli topilmaydi, lekin u yerda faqat yoz mavsumida, sigirlar togʻ yaylovlarida oʻtlatganda ishlab chiqariladi. Yogʻsizlangan sigir sutidan tayyorlanadi. PPishloq boshi odatda yumaloq boʻlib, diametri taxminan 10 sm va balandligi taxminan 5 sm; ogʻirligi 150-200 gramm. Qobigʻi yoʻq, pulpasi oq rangda.


Achcehlio yangi isteʼmol qilinadi (pishganidan keyin ikki-uch kun ichida). U mustaqil gazak sifatida, sendvich va kaneplarda ishlatiladi. Oq sharob bilan birlashadi. Yangi, boy taʼmga ega.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz