Acclaim Entertainment





Acclaim Entertainment  — Amerika kompyuter oʻyinlari ishlab chiqaruvchisi va nashriyoti. Kompaniya kompyuter oʻyinlarini turli xil oʻyin platformalarida ishlab chiqdi, nashr etdi, tarqatdi va bozor yordamini taqdim etdi, jumladan:




2004-yilda Acclaim Entertainment tugatilgandan soʻng, logo va savdo belgisi huquqlari uchinchi tomon kompaniyasi Acclaim Games (hozirda u ham tugatilgan) tomonidan sotib olindi. Kanadadagi kompyuter oʻyinlari nashriyoti Throwback Entertainment Acclaim oʻyin kutubxonasidan 150 dan ortiq nomlarini ishlatish huquqini qoʻlga kiritdi. 2010-yilning iyul oyida we Go Interactive (Seul, Koreya Respublikasi) Throwback Entertainmentdan Re-Volt, RC Revenge Pro va RC de GO bilan bogʻliq barcha huquqlarni sotib oldi.




Tarixi



Acclaim 1987-da Delaver shtatining umumiy korporativ huquqi asosida tashkil etilgan va AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Avstraliya va Yaponiyada faoliyat yuritgan. Mavjudligining ilk bir necha yilida kompaniya oʻyinlarni ishlab chiqishni, shuningdek, xorijiy oʻyinlarini mahalliylashtirishni uchinchi tomon kompaniyalariga qoldirib, faqat kompyuter oʻyinlarini nashr etish bilan shugʻullangan. Oʻsish davomida, Acclaim Iguana Entertainment (Austin, Texas, AQSh), Probe Entertainment (London, Buyuk Britaniya) va Sculptured Software (Salt Lake City, Utah, AQSh) kabi bir qancha mustaqil ishlab chiqaruvchilarni yolladi. Ularning oxirgi ikkitasi 1995-yilda sotib olingan.


Kompaniyaning nomi shunday tanlanganki, Acclaim alifbo roʻyxatida Activisiondan yuqorida turishi kerak boʻlgan, (asoschilarning biri Activisionni tark etgan), shuningdek, Accoladedan ham yuqori turishi kerak edi (bu kompaniyani ham Activisiondan ajrab chiqqanlar tomonidan tashkil qilingan). Istehzo shundaki, oʻz vaqtida xuddi shu tamoyil, Activision asoschilari tomonidan qoʻllanilgan (ular Atari kompaniyasidan ajralib chiqishgan).


Acclaim tomonidan chop etilgan oʻyinlarning koʻpchiligi litsenziyalangan: komikslar, televizion koʻrsatuvlar (jumladan, resling va animatsiya seriallar), shuningdek, kinofilmlar boʻyicha oʻyinlar. Bundan tashqari, kompaniya 1990-yillarning birinchi yarmida, jumladan, Mortal Kombat seriyasini oʻz ichiga olgan koʻplab Midway Games arkada oʻyinlarini koʻchirish bilan shugʻullangan. Boshqa faoliyat sohasi nashr etilgan vaqtda AQShda oʻz boʻlinmalariga ega boʻlmagan dasturchilarning kompyuter oʻyinlarini nashr etish edi, masalan, Technos Japan Corporationdan Double Dragon II: The Revenge yoki Taito Corporationdan Bust-A-Move. Biroq, arkada oʻyinlari bozorining yomon ahvoli natijasida, qiziqishning pasayishi va asosiy oʻyin seriyalarining narxlarning tushishi hamrohligida Acclaim bir qator litsenziyalardan mahrum boʻlgan. Dave Mirraʼs Freestyle BMX oʻyin seriyasining kodini qayta koʻrib chiqish ham buning kechikkan javoblaridan biri boʻldi.


Acclaim biznesining ahamiyati kamroq qismi oʻzining dasturiy taʼminot mahsulotlari uchun „rasmiy qoʻllanmalar“ nashr etish, shuningdek, Acclaim Comics shoʻba korxonasi orqali komikslar jurnallarining „maxsus nashr“ qilish boʻlib, ular orqali eng daromadli brendlar qoʻllab-quvvatlangan. Ushbu faoliyat davomida ASF/AMC video maʼlumotlarini saqlash formatlari ishlab chiqilgan boʻlib, ular hozirgacha qoʻllanilmoqda.


Acclaim 1988-yilda WWF WrestleMania oʻyinining chiqarilishidan soʻng Jahon resling federatsiyasi bilan uzoq va muvaffaqiyatli hamkorlik qildi. Biroq, Acclaim oʻyinlari resling boʻyicha Jahon chempionatida THQ/AKI tomonidan chiqarilgan Monday Night Wars oʻyinlari bilan bir xil muvaffaqiyatga erisha olmaganidan soʻng, kutilmaganda Acclaim litsenziyasini bekor qiladi va 1999-yilda THQga uzatadi. Bunga javoban, Acclaim Extreme Championship Wrestlingdan litsenziya oldi va bundan keyin ikkita oʻyinni chiqardi. 2001-yilda oʻzining bankrotlik vaqtida, ECW Acclaimdan qarzdor boʻlib qoldi. Keyinchalik, mavjudligining soʻnggi yillarida ogʻir moliyaviy ahvolda boʻlgan Acclaim, Legends of Wrestling sarlavhasi ostida uchta resling oʻyinini chiqardi.


Acclaim asta-sekin bankrotlikka yaqinlashayotganda, administrator Steve Perry bir qator bahsli marketing va biznes qarorlar qabul qildi. Misol uchun, kompaniya Turok: Evolution oʻyinini targʻib qilish kampaniyasining bir qismi sifatida oʻz bolasiga „Turok“ deb ism qoʻygan Buyuk Britaniyadagi ota-onalarga £500 mukofot vaʼda qildi. Yana bir misol, Shadowman komiksiga asoslangan oʻyinni qoʻllab-quvvatlash uchun amaldagi „qabriston“ saytda reklama joyini sotib olishga urinishdir.


1999-yil may oyida Acclaim global rebrendingni oʻtkazdi, unga koʻra, barcha ichki studiyalar oʻz joylashuviga koʻra qayta nomlandi.


2002-yilda Acclaim Software Creations mulkining koʻp qismini sotib oladi va uning asosida yangi dasturchilar jamoasi — Acclaim Studios Manchesterni shakllantiradi. Shu yilning dekabr oyida, kompaniya ilgari Sculptured Software deb nomlangan Salt-Lake-Cityni yopishga qaror qiladi.


Acclaim koʻplab sud ishlarining obyekti boʻlib qoladi, sudlashuvchilarning asosiy qismi sobiq hamkorlar boʻlgan. Misol uchun, Mary-Kate Olsen va Ashley Fuller Olsen toʻlanmagan mualliflik toʻlovlarini eʼlon qilishdi.


BMX — BMX XXX seriyasidagi soʻnggi oʻyinlarda „soʻnggi umid“ harakati sifatida savdoni oshirish uchun nudistik, erotik va qisman pornografik kontent qoʻshildi. Biroq, oʻsha paytdagi barcha Acclaim oʻyinlari singari, bu oʻyinlar ham yomon sotilgan; kontent va yomon oʻyin mexanikasi uchun sarkazmga boy tanqid ostiga tushgan. Dave Mirra BMX XXXga aloqadorlikdan bosh tortdi, chunki u nudistik kontentni oʻyinga kiritish haqida qaror qabul qilishga jalb qilinmagan; BMX XXXga aloqador boʻlishdan qoʻrqib, Acclaimga qarshi daʼvo arizasi bilan murojaat qildi. Boshqa tomondan, Acclaim boshqaruvini notoʻgʻri hisobotlarni chop etishda ayblagan investorlar „sahnaga chiqishdi“.


Acclaim video-mahsulotlari va kompyuter oʻyinlari juda yomon sotilgani natijasida 2004-yilda kompaniya jiddiy moliyaviy muammolarga duch keldi. Natijada, Acclaim Studios Cheltenham va Acclaim Studios Manchesterning Buyuk Britaniyadagi va boshqa joylardagi boʻlimlari yopildi, shuningdek, AQSh bankrotlik kodeksining 11-boʻlimiga asosan kreditorlardan himoya qilish boʻyicha ariza berildi, buning natijasida ishchilarning aksariyati hech qanday toʻlov olishmadi. Oʻsha paytda Emergency Mayhem, Kung Faux va Made Man kabi oʻyinlar ustida ish olib borilayotgan edi.


2004-yilning 7-sentyabrda Nyu-York bankrotlik sudi bankrotlik ishi uchun Amerika qoʻshma Shtatlari bankrotlik kodeksi 7-bobi asosida Acclaim bankrotligi boʻyicha ariza ilova qilindi, qarzni qoplash uchun maksimal 100 mln AQSh dollariga baholangan barcha mavjud aktivlarni jalb qilinishi kompaniyani yoʻq qildi.


2004-yil oktyabr oyida Cheltneem va Manchesterda yangi „Exclaim“ nomi ostida studiyalarni qayta tiklashga harakat qilindi, biroq u AQSh va Buyuk Britaniyaning oʻzida koʻtarilgan intellektual mulk huquqlariga oid bahs-munozaralar tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.


2005-yil avgust oyida xabar qilinganidek, Activision rahbari Xovard Marks 100 ming dollar evaziga „Acclaim“ nomidan foydalanish huquqiga ega boʻldi. 2006-yilning boshida Marks Acclaim Games deb nomlangan yangi kompaniya tashkil qiladi. Kompaniyaning qonuniy hujjatlariga koʻra, Acclaim Games AQSh va Buyuk Britaniyaning bolalar va oʻsmirlar multiplayer oʻyin bozorlariga moʻljallangan. Biroq, Acclaimning yangi inkarnatsiyasi ulanish va toʻlov qilish bilan bogʻliq muammolar, gʻirrom oʻyinchilarga qarshi kurashning yetishmasligi tufayli muvaffaqiyatli boʻlmadi. Natijada, Acclaim Games Better Business Bureauning Los-Anjeles va Janubiy Kaliforniyadagi boʻlimlarida „F“ darajasini oldi.



Shoʻba korxonalari



Studiyalar




Tovar belgilari




Oʻyinlar




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz