Abxaziya Sotsialistik Sovet Respublikasi
Abxaziya Sotsialistik Sovet Respublikasi ,
Abxaziya SSR (abxazcha: Социалисттә Советтә Республика Аҧсны; gruzincha: საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკა აფხაზეთი; ruscha: Социалистическая Советская Республика Абхазия) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1921–1931-yillarda mavjud boʻlgan. 1921-yil Qizil armiya Gruziyaga bostirib kirganidan keyin tuzilgan ushbu mamlakat 1921-yilning 16-dekabrigacha mustaqil boʻlgan. Oʻsha kuni Gruziya SSR bilan Abxaziya SSRni birlashtirish kelishuvi imzolangan. Abxaziya SSR avtonom sovet respublikasiga oʻxshash boʻlgan, ammo Gruziyadan de facto mustaqil boʻlgan. Xususan, Abxaziya SSR oʻz harbiy boʻlimiga ega boʻlish kabi ittifoqning toʻliq aʼzolarigagina beriladigan huquqlarga ega boʻlgan. 1922-yil Abxaziya oʻzining Gruziya bilan „kelishuv davlati“ statusi orqali Armaniston SSR, Ozarbayjon SSR va Gruziya SSRni birlashtirib tuzilgan Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi tarkibiga kiritilgan. 1931-yil Abxaziya SSR tugatilib, uning oʻrniga Gruziya SSR tarkibida Abxaziya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan.
Abxaziya SSRga Nestor Lakoba yetakchilik qilgan. Lakoba rasman Xalq komissarlari kengashi raisi boʻlgan. Ammo u Abxaziyani shunchalik qattiq nazoratga olgnanki, respublikaga „Lakobiston“ laqabi berilgan. Lakoba sovet yetakchisi Iosif Stalin bilan yaxshi munosabatda boʻlgani uchun Abxaziya Gruziya tarkibiga kiritilgunicha respublikada kollektivizatsiya boshlanmagan. Abxaziya Sovet Ittifoqining tamaki yetishtiruvchi asosiy hududi boʻlgan. Ittifoqda ishlab chiqarilgan tamakining yarmidan koʻpi Abxaziyada yetishtirilgan. Qolaversa, respublikada boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan, choy, vino, sitrus mevalari yetishtirilgan. Natijada Abxaziya Sovet Ittifoqining eng boy hududlaridan biriga aylangan. Respublikaning subtropik iqlimi esa sayyohlarni jalb qilgan. Respublikada Stalin va boshqa sovet yetakchilarning dachalari boʻlgan, ular bu dalahovlilarda koʻp vaqt oʻtkazgan.
Koʻplab millat vakillari yashaydigan Abxaziyada aholining 30 foizidan ozini tashkil qilgan abxazlar nominal tarzda yetakchilik qilgan. Respublikada gruzinlar, armanlar, greklar hamda ruslar soni ham koʻp boʻlgan. Abxazlar eng yirik guruh boʻlmasa-da, ularga yon bosilgan hamda oʻsha davrdagi korenizatsiya siyosati doirasida abxaz tili targʻib qilingan. Shu va boshqa siyosatlar yordamida abxaz millati targʻib qilingan, natijada abxaz millatchiligi yuzaga kelgan. Abxaziya SSRning asosiy merosi shuki, zamonaviy tarixda ilk marotaba Abxaziya nomi bilan muayyan geografik birlikni paydo qilgan. 1931-yil respublika maqomi pastlatilgan boʻlishiga qaramasdan, respublika mavjud boʻlgani abxaz xalqi xotirasida qoldi. 1980-yillarda glasnost va perestroyka siyosatlari ortidan abxaz yetakchilar Gruziyadan ajralib chiqib, oʻz davlatlarini tuzishga chorlay boshladi. Bunday qarashga egalar uchun Abxaziya SSR oʻrnak boʻldi. Natijada Abxaziyada 1925-yilda qabul qilingan Abxaziya SSR konstitutsiyasi qayta tiklandi. Bu esa, oʻz navbatida, abxazlar va Gruziya oʻrtasida 1992–1993-yillardagi urushga hamda hozirgi kundagi abxaz-gruzin konfliktiga turtki boʻldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Abxaziya Sotsialistik Sovet Respublikasi (Abxaziya SSR) — bu sobiq Sovet Ittifoqi davrida mavjud bo‘lgan sobiq sovet respublikasining tarixiy davlat shakllaridan biridir. Abxaziya geografik jihatdan Qorabog‘ va Gruziya hududlarida joylashgan bo‘lib, shuningdek, Qora dengiz sohilida joylashgan.
Tarixi
Abxaziya Sotsialistik Sovet Respublikasi 1921-yil 31-martda tashkil topgan. U dastlab Gruziya SSR tarkibida bir qism sifatida boshqarilgan. 1921-yilda Abxaz sovet hukumati tashkil etildi va u Gruziyaga qarashli bo‘ldi. Lekin Abxaziyaning siyosiy maqomi vaqt o‘tishi bilan o‘zgardi.
1921-1931 yillar oralig‘ida Abxaziyaning mustaqil Sotsialistik Sovet Respublikasi maqomi saqlanib qoldi, ammo keyinchalik u Gruziya SSR tarkibiga "avtonom respublika" sifatida qo‘shildi. Abxaziyaning siyosiy maqomi sovet davrida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Siyosiy Maqomi
Abxaziya Sotsialistik Sovet Respublikasi o‘zining avtonomiya darajasi tufayli o‘z ichki siyosiy tizimini rivojlantirishga imkon topgan. Biroq u to‘laqonli mustaqil sovet respublikasi sifatida tan olinmadi va ko‘proq Gruziya SSRning tarkibiy qismi hisoblandi.
Ekonomikasi va madaniyati
Abxaziya ko‘p yillar davomida qishloq xo‘jaligiga asoslangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan. Qora dengiz sohilidagi joylashuvi tufayli, u turizm va dengiz savdosi uchun muhim hudud bo‘lib, sovet davrida kurortlar rivojlanishga erishgan.
Madaniy jihatdan, Abxaz milliy an’analari va tili muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u yerda Abxaz tili va madaniyati saqlanib qolgan.
1992–1993 yillardagi urush
Sovet Ittifoqi tarqalganidan keyin Abxaziya o‘z mustaqilligi uchun kurash boshladi. Gruziya bilan 1992–1993 yillarda urush yuz berdi, bu urush Abxaziyaning amalda mustaqil hududga aylanishiga olib keldi, ammo xalqaro miqyosda u hanuz Gruziya tarkibida hisoblanadi.
Xulosa
Abxaziya Sotsialistik Sovet Respublikasi — bu sovet davrining muhim hududiy siyosiy shakllaridan biri bo‘lib, uning tarixi va siyosiy holati davlatlararo munosabatlarda murakkab mavzudir. Bugungi kunda Abxaziya hududi va uning siyosiy statusi haligacha xalqaro e’tirofga ega bo‘lmagan vaziyatda turibdi.
Agar sizga qo‘shimcha ma’lumot kerak bo‘lsa yoki aniqroq tarixiy vaqtlar haqida so‘ramoqchi bo‘lsangiz, bemalol so‘rashingiz mumkin.