Abxa xalqaro aeroporti
Abxa xalqaro aeroporti (arabcha: مطار أبهـــا الدولي, (IATA:
AHB[3] , ICAO:
OEAB ) – Saudiya Arabistonidagi Asir viloyatining markazi Abxa shahridagi aeroport.
Aeroportdan qirollikning bir qancha mahalliy aeroportlariga qatnovlar amalga oshiriladi. Shuningdek, Yamanning Adan va Sano, Misrning Qohira, Qatarning Doha, BAAning Dubay va Sharja shaharlariga toʻgʻridan toʻgʻri parvozlar taklif etiladi.
Aeroport oʻrni Xamis Mushayt va Abxa shaharlari oʻrtasidagi yangi qurilish maydoni boʻlib, ikkala shaharga ham barobar xizmat qilgan. Aeroport qurilishi 1975-yil oʻrtalarida Laing Vimpey Alirizo tomonidan boshlangan. Aeroport qurilishigacha mahalliy reyslar Xamis Mushayt yaqinidagi harbiy aeroportda amalga oshirilgan edi. Abxa aeroporti 1977-yilda foydalanishga topshirilgan. Qurilish Bin Trif Airport ltd (Hindistonning aeroporti kompaniyasi) tomonidan amalga oshirilgan.
Imkoniyatlari
Aeroport dengiz sathidan 6,858 feet (2,090 m) balandlikda joylashgan. U 13/31 deb belgilangan bitta uchish-qoʻnish yoʻlagiga ega, Yoʻlak yuzasi asfalt bilan qoplangan, maydoni 3,350 by 45 metr (10,991 ft × 148 ft).
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Abxa aeroportida quyidagi aviakompaniyalar muntazam va charter reyslarini amalga oshiradilar:
Husiylarning hujumlari
Yamandagi fuqarolar urushi davomida aeroport husiy kuchlari tomonidan tez-tez nishonga olingan.
Aeroportga birinchi marta 2019-yil 12-iyun kuni Yaman husiylari hujum qilib, 26 kishi jarohatlangan edi.
2019-yil 23-iyun kuni husiylar aeroportga navbatdagi hujum uyushtirdi, natijada bir nafar Suriya fuqarosi halok boʻldi va 21 kishi yaralandi.
2019-yil 2-iyul kuni aeroport yana raketalar hujumiga uchradi, toʻqqiz kishi jarohat oldi.
Husiylarning aeroportga navbatdagi hujumi 2020-yil 31-avgust kuni sodir boʻldi, oʻshanda aeroportga bomba yuklangan dron uchayotgani aniqlangan va Qizil dengiz yaqinida masofadan boshqariladigan qayiq ham portlovchi moddalar bilan toʻldirilgan va hujum parvoziga tayyor edi.
2021-yil 10-fevralda husiylar toʻrtta dron yordamida aeroportga havo hujumi uyushtirib, fuqarolik samolyotiga (Flyadeal Airbus A320) zarar yetkazdi va aeroportda yongʻin chiqdi. Husiy harakati vakilining aytishicha, hujum Yamandagi koalitsiyaning havo hujumlari va boshqa harakatlarga javob boʻlgan.
2021-yil 31-avgust kuni aeroport yana husiylarning dronlari tomonidan hujumga uchradi, natijada 8 kishi yaralandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org