ABViewer
ABViewer — bu DWG, DXF, PLT, STEP, IGES, STL va boshqa 2D va 3D CAD fayllari bilan ishlash uchun moʻljallangan koʻp funksiyali CAD da. AutoCAD DWG / DXF, PDF, JPG va boshqa bir qator vektor va rastr formatlarida keyinchalik saqlash bilan chizmalarni yaratish va tahrirlash imkonini beruvchi dastur hisoblanadi.
Dastur Rossiyaning CADSoftTools kompaniyasi tomonidan 2003-yilda ishlab chiqilgan. Ilova 30 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va 50 dan ortiq vektor va rastr 2D va 3D formatlarini qoʻllab-quvvatlaydi. ABViewer dasturi, shuningdek, „Elektron kompyuterlar va maʼlumotlar bazalari uchun Rossiya dasturlarining yagona reyestri“ ga kiritilgan.
Tarix
ABViewer ning dastlabki versiyasi CAD fayllarini birlashtirgan, tasvirlarni almashish buferida BMP, EMF formatida saqlaydigan va fayllar guruhini chop etuvchi tasvirni koʻrish dasturi edi. Dastlab, dastur 20 ta tilni qoʻllab-quvvatlagan va ikkita versiyada mavjud edi: Standart va Professional. 2007-yilda ABViewer endi shunchaki fayllarni koʻrish asbobi emas, balki fayllarni koʻrish, tahrirlash va oʻzgartirish uchun yagona asbobga aylandi. Ilova professional muharrirning barcha asboblarga ega edi va loyiha ishlarini bajarish uchun ishlatiladigan operatsiyalarni qoʻllab-quvvalagan. Shuningdek ABViewer tasvirning tanlangan qismini oʻzgartirish imkonini berar edi.
Funktsionalligi
Koʻrish
ABViewer chizmalarni 2D va 3D formatida koʻrishni taʼminlaydi. Qatlamlar va chizilgan varaqlar bilan ishlashni qoʻllab-quvvatlaydi; chizmaning ekrandagi oʻrnini oʻzgartirish mumkin: masshtablash, 3D modellarni aylantirish, shuningdek, chizma turini va koʻrsatish rejimini oʻzgartirish, „Eskizlar“ oynasi orqali fayllar boʻylab harakatlanish; matnlar va oʻlchamlarni yashirish / koʻrsatish imkoniyati; chizmalarni oʻlchash (2D va 3D rejimlarida) imkoniyati mavjud. Dastur nafaqat chizmalarni koʻrish imkonini beradi, balki chizmaning xususiyatlari va tuzilishiga kirishni ham taʼminlaydi. Shuningdek, 3D modellarning boʻlimlarini qurish imkoniyati ham mavjud.
Tahrirlash
"Muharrir" rejimida siz noldan chizmalar yaratishingiz va mavjud fayllarni tahrirlashingiz mumkin, CAD chizmalari bilan ishlash uchun : chizma asboblari (primitivlarni qoʻshish); tahrirlash vositalari (oldin yaratilgan chizmalar bilan ishlash uchun); har xil turdagi bogʻlamalar; tashqi havolalar bloklari va fayllari bilan ishlash.
Saqlash va chop etish
ABViewer dasturi chizmalarni saqlash va chop etish imkonini beradi: vektor va rastr formatlarida saqlash; DWG/DXF fayllarini G-kodga aylantirish; kengaytirilgan chop etish sozlamalari (bir nechta varaqlarda chop etish, oldindan varaq parametrlarini koʻrish). Shuningdek fayllar boʻyicha ommaviy operatsiyalar ham mavjud boʻlib: ommaviy ishlov berish va ommaviy chop etishni oʻz ichiga oladi.
Qoʻllab-quvvatlanadigan formatlar
ABViewer 50 dan ortiq vektor va rastrli 2D va 3D formatlarini koʻrish imkonini beradi. Ular orasida:
Dastur shuningdek, arxivlangan fayllarni ham ochadi: ZIP, 7z, RAR, CAB, BZIP, TAR .
Mahalliylashtirish
ABViewer quyidagi tillarga toʻliq tarjima qilingan : ingliz, venger, ibroniy, ispan, italyan, xitoy, nemis, golland, portugal, rus, fin, fransuz, chex . Hujjatlar va batafsil qoʻllanma tizimi rus, ingliz, nemis va fransuz tillarida mavjud.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org