ABUTALIYEV Faradey Basirovich (1932.25.3, Toshkent) — matematik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), fizika-matematika fanlari Doktori (1964), professor (1972). O’rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1952). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi hisoblash markazli kibernetika institutida ilmiy xodim (1957— 62), 1962 yildan laboratoriya mudiri. Ilmiy tadqiqot ishlari differentsial tenglamalar, hisoblash matematikasi, dasturlash, axborotlar nazariyasi, elastiklik nazariyasi, gidrodinamika muammolariga bag’ishlangan. Abutaliyev parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalarning ixtiyoriy shaklli sohalaridagi echimlarini topish uchun tejamli hisoblash sxemalarini ishlab chiqdi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish