Abumuslimnoma
"Abumuslimnoma" −10-11-asrlarga oid jangnoma. Fors tilida yozil-gan, keyinchalik arab, turkiy tillarga tarjima qilingan. Abu Muslim (Xuro-son va Movarounnahr amiri) haqidagi rivoyat va afsonalardan iborat. Mu-allifi Abu Tohir Tarsusiydir. „A.“ qadimiy qissa uslubida yozilgan boʻlib, unda afsonaviy timsollar, 10-asrda taraqqiy topgan sharqona er yigitlik (futuvvat, bagʻri kenglik) xususiyatlari va talablari oʻz aksini topgan. Asar Eron, Turkiya, ayniqsa, Turkistonda kat-ta shuhrat qozongan. Turkistonda uning ayrim qismlari asosida mustaqil yirik asarlar („Zamchinoma“ va boshqalar) yaratilgan. „A“.ning oʻzbek tilida nashr etilgan nusxalari (mas, „Abu Muslim jangnomasi“, 1992) va boshqa ham bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org