Abulvalid Ahmad bin Abi Rijo




Abulvalid Ahmad bin Abi Rijo (846-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Hirot yaqinidagi Ozodon qishlogʻida tugʻilgan. Imom Ahmad Hanbalning shogirdi. Imom Buxoriy undan hadis rivoyat qilgan. “Mujmali Fasihiy”da 15–16-asrda Hirot aholisi har chorshanba kuni uning qabrini ziyorat qilishga borishgani haqida maʼlumot berilgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz