Abu-l-Vafo al-Axsikatiy
Abu-l-Vafo al-Axsikatiy (arabcha: أبو الوفاء الأخسيكتي — Abu-l-Vafo Muhammad ibn Muhammad ibn al-Qosim al-Axsikatiy) — tilshunos va tarixchi.
Marvda yashagan. Ibn Abu-l-Manoqib nomi bilan tanilgan bo‘lib, o‘z davrida tilshunoslik va tarix ilmi sohalarida peshvolardan bo‘lgan. Manbalarda Abu-l-Vafo al-Axsikatiy atoqli shoir va arab tilini mukammal bilgan olim sifatida ham taʼriflanadi.
Abu-l-Vafo al-Axsikatiy Axsikatda Abu-l-Qosim Mahmud ibn Muhammad as-So‘fiydan dars olgan. As-Sam’oniy olim bilan bir necha marotaba uchrashgan, lekin uning maʼruzalaridan bahramand bo‘la olmagan. Tarixchilardan Hoji Xalifa olim qalamiga „Kitāb at-tarӣx“ nomli asar mansubligini zikr qilgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org