Abulqosim Kasbaviy





Abulqosim Kasbaviy (arabcha:أبو القاسم القصبوي — Abulqosim Kasbaviy — Toʻliq ismi:Abulqosim bin Shoh Mirzo ibn Asadulla Husayniy Kasbaviy (XVII asrda yashagan)) — Shoir.



Faoliyati



Abulqosim Kasbaviy Nasafning „Kasba“ qishlogʻiga nisbat berilgan. Allomaning „Riyozu-l-mutafakkiriyn“ nomli asari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Mazkur risola 1652-yilda yozilgan boʻlib, Buxoro xoni Abdulazizxonga bagʻishlangan. Tasavvuf taʼlimoti, uning mohiyati va talablari haqidagi bu asarda soʻfiylar hayoti va qarashlari haqida qiziqarli hikoyat va rivoyatlar keltirilgan. Kitob 8 boʻlim — „ravza“ga (bogʻ), har bir ravza esa „ashjor“ — daraxtlarga boʻlingan. Nasriy matnlar sheʼriy misollar bilan bezatilgan.
Abulqosim Kasbaviyning taxallusi „Sheʼriy“ boʻl­gan­ligiga qaraganda, sheʼrlarni ham oʻzi yozgan.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHQMda saqlanayotgan mazkur qoʻlyozma muallif hayotligida, 1673-yilda Buxorodagi Nodirbiy devonbegi madrasasida Mirzo Xoja ibn Mir Notiq Xoja Kasbaviy tomonidan koʻchirilgan.



Asarlari




Manbalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz