Abu-l-Muzaffar





Al-Abivardiy, Abu-l-Muzaffar (arabcha: الأبيوردي، أبو المظفر — Abu-l-Muzaffar Muhammad ibn Ahmad al-Umaviy al-Muoviy al-Abivardiy, taxminan 457/1065, Xuroson — 507/1113, Isfahon) — shoir, adib, axbor va ansob olimi.


Nasabi Abdumanofga ulangan va umaviylardan Anbasa ibn Abu Sufyon naslidan bo‘lgan al-Abivardiy Xurosonga qarashli Abivard yaqinidagi Kufan shahrida dunyoga kelgan.




Taʼlimi



U Ismoil ibn Mas’­adat al-Jurjoniy, Abdulvahhob ibn Muhammad ibn Shahid, Abu Bakr ibn Xalaf ash-Sheroziy, Abu Muhammad Hasan ibn Ahmad as-Samarqandiy va Abdulqohir al-Jurjoniylardan taʼlim olgani hamda o‘zi ham ko‘plab shogirdlar yetishtirgani manbalarda zikr qilingan.



Faoliyati



Yoshlik yillarida Bag‘dodga safar qilgan. U yerda xalifalar, sultonlar va davrining mashhur shaxslarining himoyasida bo‘lgan. Ular orasida xalifa Muqtadiy-bi-amrillah, o‘g‘li va xalafi Mustazhir-billah, Sulton Malikshoh va o‘g‘li Sulton Muhammad Tapar, Vazir Nizomul-mulk b-n o‘g‘li Muay­yidul-mulklarni zikr qilish mumkin. Muay­yidul-mulkning xizmatida bo‘lgan payt xalifaning vaziri Amidud-davlani hajv qilganida vazir uning Abbosiy xalifasini kamsitib, Fotimiy xalifasini maqtaganini aytib, uni xalifa Muqtadiyga shikoyat qiladi. Shu bois Abu-l-Muzaffar Hamadonga qochadi. Arab tili va adabiyotidagi bilimi ustunligi sababli Nizomul-mulk­ning o‘g‘li Ziyoul-mulk­ning xizmatiga keltiriladi. Ziyo­ul-mulkning o‘limi sababli Isfahonga safar qilib, u yerda Bursukning o‘g‘illariga ustozlik qiladi. Keyinchalik Sulton Muhammad Tapar tomonidan mushriful-mamolik etib tayinlanmasidan oldin bir muddat Bag‘doddagi Nizomiya madra­sasi kutubxonasida mudir vazifasida ishlagan.



Vafoti



507-yil 20-rabi’ul-avval oyi­ / 1113-yil 4-sentabrda vafot etgan. Ibn Xallikonning „Vafayāt al-aʼyān“ asarida Abu-l-Muzaffarning o‘limi haqida berilgan 557/1162-yil kotibning xatosi bo‘lishi mumkin. Imoduddin al-Isfahoniy Abu-l-Muzaffarning Muhammad Tapar tomonidan mushriful-mamolik etib tayinlanib, xizmat chog‘ida sultonning huzurida yiqilib o‘lganini, bu holat o‘sha davrning nufuzli shaxslaridan bo‘lgan Xatir tomonidan zaharlanish oqibatida yuz berganini naql qilgan.


Manbalarda Abu-l-Muzaffarning o‘ta kuchli hofizaga ega bo‘lgani, adabiyot, nasab ilmi, grammatika, lug‘at va axborda chuqur ilm­ga, balog‘at va inshoda o‘ta mohir, kuchli shoir, ayni vaqtda iffatli, odil, dindor, nafosat sohibi bo‘lganini, hayotida baʼzan bo‘lib o‘tgan moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay hyech kimsadan biror narsa tama qilmagani zikr qilinadi.



Ijodi



Abu-l-Muzaffarning nasab, tarix, she’r, sheʼr tanqidi va hadis sohalaridagi o‘n beshtaga yaqin asarlari bo‘lib, ulardan ikkitasigina bizgacha yetib kelgan.


Ular:





Abu-l-Muzaffarning manbalarda zikr etilgan, biroq bizgacha yetib kelmagan asarlari quyidagilardir:




Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz