Abulhusayn Nuriy
Nuriy, Abulhusayn Ahmad bin Muhammad – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Otasi Marv va Hirot oʻrtasida joylashgan Bagʻshur shahridan boʻlganligi uchun Ibn al-Bagʻaviy nomi bilan ham ataladi. Bagʻdod sh.da tugʻilgan. Tariqat sirlarini Xayr Nassoj va Bunon bin Muhammad Hammoldan oʻrgangan. Sariy Saqatiy, Muhammad Ali Qassob, Ahmad Abulhavoriy, Zunnun Misriy, Mumshod Dinavariy, Samnun bin Hamza Muhib Kazzob, Ibrohim Xavvos, Husayn bin Mansur Halloj, Ibrohim bin Fotik, Abulhusayn Molikiy, Shayx Abubakr Vositiy, Abubakr Misriy, Abu Said Aʼrobiy, Jaʼfar bin Muhammad bin Nusayr Xuldiy hamda Shayx Abulhasan Bishr Sijziy suhbatiga erishgan. Abu Yaʼqub Xarrot Asqaloniy va Zaytuna unga murid boʻlishgan. Junaydning doʻsti va maslakdoshi. Nuriyning soʻzlari Junayd soʻzlaridan ham teranroq boʻlgani uchun unga “Junayddan ham tezvaqtroq”, deb baho berganlar. Navoiyning “Nuriy” kunyasini olgani haqida turli qarashlar bor. Baʼzi manbalarda uning soʻzlari koʻngillarga maʼrifat ziyosini sochgani uchun, boshqa qarashlarga muvofiq, soʻzlashayotgan chogʻida undan nur taralib turgani uchun bu nomga sazovor boʻlgan. Alisher Navoiyning oʻzi esa shunday deydi: “Bir kun nurga boqdim va undan aslo koʻzimni uzmadim, hatto shu nurga aylandim.”
N. Abulhusayn samoʼ majlisida vajd holiga tushib, vafot etgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirib kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org