Abulhasan Shofi’iy Movardiy





Abulhasan Shofi’iy Movardiy (arabcha:مسعد بن اصفاء قباوي — Abulhasan Shofi’iy Movardiy — Toʻliq ismi:Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Habib Basriy Shofi’iy Movardiy) — muhaddis va faqih.



Tarixi



Abulhasan Shofi’iy Movardiy 964-yili Basrada tavallud topgan. Allomaning ajdodlari sulolaviy fiqhshunoslar bo‘lib, u ilk taʼlimni otasidan olgan. Ilmiy mavqeining yuksalishida basralik ustozi Abulqosim Saymariy Hanafiy xizmati katta bo‘lgan. Keyinchalik unga „Baytu-l-hikma“ning mashhur mutafakkirlari ustozlik qilgan. Buyuk faqih, muhaddis va davlat arbobi bo‘lgan Abulhasan Ali ibn Muhammad Movardiy islom dini, davlat boshqaruvi va tilshunoslikka oid o‘nlab asarlar muallifidir.



Faoliyati



Abulhasan Shofi’iy Movardiyning „Tafsiru-l-Qur’on“ („Qur’on tafsiri“), „Kitobu-l-hoviyi-l-kabir“ („Buyuk qomus“), „Kitobu-l-iqnaʼ fi-l-fiqhi-sh-shofi’iy“ („Shofi’iy fiqhi haqidagi ishonchli manba“), „Kitob fi-l-buyu’“ („Savdo sotiq haqida“), „Kitob aʼlomi-n-nubuvva“ („Payg‘ambarlik alomatlari haqida kitob“), „Al-ahkomu-s-sultoniyya va-l-valoyoti-d-diniyya“ („Davlatchilik qonunlari va shar’iy boshqaruvlar“), „Qavoniynu-l-vizorati va siyosati-l-muluk“ („Podshohlar siyosati va vazirlik qonunlari“), „Kitob tashilu-n-nazar va taʼjili-z-zafar fi axloqi-l-malak va siyosati-l-muluk“ („Zafar quchish omillari va nuqtai nazar sohillari“), „Siyosatu-l-muluk“ („Podsholar siyosati“), „Kitob fi-n-nahvi“ („Arab tili grammatikasi“), „Kitobu-l-amsal va-l-hikam“ („Masalalar va hukmlar“), „Kitob adabu-d-dunyo va-d-din“ („Din va dunyo odobi“), „Adabu-l-qozi“ („Qozilik odobi“), „Kitob adabu-t-takallum“ („Nutq madaniyati haqida kitob“), „Kitob maʼrifati-l-fazoil“ („Fozillarning maʼrifati“), „Kitobu-r-rutba (martaba) fi talabi-l-hisba“ („Hisba tashkilotining talabi haqida rutbalar kitobi“) kabi asarlar shular jumlasidandir.



Manbalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz