Abulhasan Bujayriy Xushufag'oniy




Abulhasan Bujayriy Xushufagʻoniy (arabcha: أبو الحسن بجيري خوشوفغاني — Abulhasan Muhammad ibn Umar Bujayriy Xushufagʻoniy) — roviy.



Abulhasan Bujayriy Xushufagʻoniy muhaddis Abu Hafs Bujayriyning oʻgʻli boʻlib, Bujayrilar silsilasiga mansubdir.



Ustozi



Abulhasan Bujayriy Xushufagʻoniy hadis ilmi sir-asrorlarini otasi Abu Hafs Bujayriydan oʻrgan va hadis rivoyat qilgan. Oʻz navbatida Abulhasan Bujayriydan koʻplab allomalar hadis rivoyat qilgan.



Vafoti



Abdulloh Abdulhamid Saadning „Oʻrta Osiyo olimlari qomusi“da keltirilishicha Abulhasan Bujayriy hijriy 345 yil rabiʼ al-avval (milodiy 956 yil iyun) oyida vafot etgan.



Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz