Abulhasan Binkatiy
Abulhasan Binkatiy — (839 — yilda vafot etgan) roviy va faqih bo‘lgan.
Abulhasan Ali ibn Yusuf ibn Muhammad Binkatiy faqih va solih kishi bo‘lib, Baytullohda haj ibodatlarini amalga oshirayotgan paytida, Makkaning olimu fuzalolaridan hisoblangan Abu Muhammad Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ubaydulloh Zubaydiy Muqriydan taʼlim olgan va hadis tinglagan. Manbalarda Abulhasan Binkatiydan hofiz Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy kabi allomalar taʼlim olganligi va hadis rivoyat qilganligi haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org