Abulhasan Ali Abuladyon
Abulhasan Ali Abuladyon – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abulhasan. Turli din namoyandalari bilan munozaraga kirishib, ularni bahsda magʻlub etgani uchun “Abuladyon” (dinlarning bilimdoni) nomi bilan mashhur boʻlgan. Junayd Bagʻdodiy, Abu Said Xarroz bilan muloqot qilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org