Abulfazl Sog'arjiy
Abulfazl Sogʻarjiy (arabcha: أبو الفضل الصغرجي — Abulfazl Abbos ibn Tayyib Sogʻarjiy Soʻgʻdiy) — muhaddis va roviy.
Hayoti
Abulfazl Sogʻarjiy oʻrta asrlarda Ishtixon shahriga qarashli Sogʻarj qishlogʻida tavallud topgan.
Ustozi
U Boshlangʻich taʼlimni Sogʻarjdagi olimlardan oʻrgangan. Keyinchalik Ishtixon shahriga borib, ilk ustozi Ahmad ibn Hishom Ishtixoniydan hadis ilmi sir-asrorlarini oʻrgangan va hadislar rivoyat qilgan.
Shogirdi
Abulfazl Sogʻarjiydan uning nabirasi Dehqon Abu Ahmad Hasan ibn Ali ibn Jabroil Sogʻarjiy va boshqa kishilar hadis rivoyat qilgan.
Rivoyat qilgan hadis
Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida keltirilishicha, Abulfazl Abbos ibn Tayyib Sogʻarjiy Ahmad ibn Hoshim Ishtixoniydan quyidagi hadisni rivoyat qilgan:
Ahmad ibn Hoshim Ishtixoniy bizga Maʼruf ibn Hasson hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Muʼmar ibn Zarr u esa Qatodadan, u esa Anas ibn Molik raziyallohu anhudan hadis aytdi, — dedi. U: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimki biror namozini unutib, uni oʻz vaqtida oʻqiy olmay qolsa yoki uxlab qolib, uni qazo qilib qoʻysa, esiga tushgani hamon uni oʻqib olsin! Alloh taolo: „… va yod qilingiz Parvardigoringizni qachon unutsangiz…“, — deydi" deb marhamat qilganlar", — dedi.
Manbalarda Abulfazl Sogʻarjiyning tavallud topgan va vafot etgan yili haqidagi maʼlumotlar uchramadi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org