Abulfazl maqbarasi
Abulfazl maqbarasi , Saraxs bobo maqbarasi -meʼmoriy yodgorlik (11-asr). Hozirgi Turkmaniston hududida. Din arbobi Abulfazl (1023 yil vafot e.) qabri . ustida qurilgan. Murabba tarhli bino (10,20×10,20 m). Qalin devorining yuqori — toʻrt tomonida ham ravoqli darchalar bor. Qoʻsh gumbazli, gumbaz doirasimon asos ustiga oʻrnatilgan. Ichkarisining dastlabki shakli saqlanmagan. 15-asrda taʼmir etilganda qisman oʻzgargan (ganch suvoq qilingan, muqarnaslar bilan bez-atilgan). Hozir bino ancha shikastlangan holda, ravoqlarining tashqi devorlari yemirilgan, peshtoq tepasi nurab tushgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org