Abulfayzxon dramasi
„
Abulfayzxon dramasi “ (yoki Abulfayzxon tragediyasi) — oʻzbek adibi Fitratning 1924-yilda chop etilgan dramasi. Drama oʻzbek adabiyoti tarixida yozilgan ilk tarixiy pyesa hisoblanadi. Ayni paytda asar Fitrat adabiy-badiiy ijodining choʻqqisi ekanligi taʼkidlab kelinadi.
Mavzusi
Drama XVII asr Buxoro xonligidagi Ashtarxoniylar sulolasining soʻnggi vakili Abulfayzxon davri voqealariga bagʻishlangan. Asar davomida hokimiyatni egallash hamda uni qoʻlida saqlab qolish payida boʻlgan Abulfayzxonning toj-taxtga daʼvogarlik qilgan barchani oʻldirib yuborishi va shu orqali oʻz fojiasiga zamin yaratgani bilan bogʻliq voqealar ochib berilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org