Abulfattoh az-Zubiy
Abulfattoh ibn Muhammad Badr ad-Din az-Zubi al-Jiloniy musulmon huquqshunos va yozuvchisi . U Tripoli shahrida (Shimoliy Livan ) tug‘ilgan va shu yerda vafot etgan.
Uning hayoti
Abdulfattoh Az-Zubiy hijriy 1259 - / milodiy 1840 - yil Tripolida tavallud topgan hamda shu yerda tahsil olgan, u yerda o‘z zamoninig buyuk allomalaridan fiqh va adabiyot ilmlarini oʼzlashtirgan. U ulg‘aygach esa, Tripolidagi As-Suvayka mavzesida joylashgan Az-Zubiyyaning Zaviyiyasini egalladi. U Buyuk Mansuriy masjidida notiqlik, muallimlik, shuningdek, imomlik lavozimlarini ham egallagan. Keyinchalik Usmonlilar imperiyasi uni Tripoli shahridagi hurmatli odamlarga vakil etib tayinladi va uning ilmi, taqvosi va ajoyib ta'sirliligini inobatga olib oylik maosh ajratdi. Ovozi baland, aqli tez boʼlgan. Uning keltiradigan dalillari ishonarli edi, shuningdek, u nasabnoma xususida keng koʼlamli bilimga ega edi. U “Tripoli oilalarining nasl-nasabi” (arabcha nomi: Ansab A’lat Tarablus) deb atalgan qo‘lyozmasini yozib qoldirgan, uning Buyuk Mansuriy masjidida va uning zaviyasida o‘qigan masjid xutbalari "Tripoli oilalari nasl-nasabi” nomli toshbosma va’z kitobida mujassam boʼlgan (arabcha nomi: Al-Moava’et al-Hamidiyya) . Uning davrida o'yin-kulgi, qimor va boshqalar keng tarqalgan bo'lib, yoshlar zikr kengashlariga e'tibor qaratmay, ularga borishni istardilar. Natijada Shayx Az-Zubiy ular bilan uchrashishga qaror qildi va Tripoli ahlini ulardan qochishga undadi. Ularni Allohga ibodat qilish uchun diniy burchakda o'tkazgan zikr yigʻinlarga borishga undadi. Shuningdek, u so'fiylik da'vogarlariga qarshi kurash olib bordi, ular o'zlarining riyokorlik va zalolatlarini yashirish uchun so'fiy nomini shior qilib oldilar. Avliyoning qadr-qimmatini inkor qila boshlaganlarning g‘oyalarini kamsitib, odamlarni bu dunyoda zohid bo‘lishga, oxirat uchun mehnat qilishga da’vat etdi. U shayx Muhammad al-Jisr at-Tarabulsiyning qadr-qimmatiga chuqur e’tiqodini namoyon etgan “Qadr-qimmatlar qadri” (arabcha nomi: Karamat al-Karamat) otasining qadr-qimmati va uning yaxshi fazilatlarini yig'uvchi she’rini yozdi va Shayx Husayn al-Jisrga hayratini yozib qoldirdi. Shu bilan birga, bu uning odati bo'lib, odamlarga va'z qilish, yo'l-yo'riq va nasihat qilish, Allohga itoat qilishga undab, yomon ishlar va yomonliklardan qaytarish, ularga dunyo va oxiratda najot yo'lini ko'rsatish, 1935 - yil / 1354 - hijriy yilda vafot etguniga qadar davomiy boʼldi .
Uning asarlari
Shayx Abdulfattoh az-Zubiy bir nechta sheʼriy asarlar qoldirgan boʻlib, ularning koʼpi diniy - maʼrifiy sheʼrlar, shuningdek, Naqshbandiya va Qodiriy shayxlarining nolasi va maqtoviga bagʻishlangan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org