Abulfath ibn Ali Mutarriziy
Abulfath ibn Ali Mutarriziy (arabcha:أبو الفتح بن علي المطريزي — Abulfath ibn Ali Mutarriziy — Toʻliq ismi:Abulfath Burhoniddin Nosir ibn Abulmakorim Abdussayyid ibn Ali Mutarriziy) — faqih.
Faoliyati
Abulfath ibn Ali Mutarriziy 1144-yilda Xorazmning Jurjoniyya (hozirgi Ko‘hna Urganch) shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Otasi Abdussayyid o‘z davrining o‘qimishli kishilaridan bo‘lgan. Xorazmda faoliyat yuritgan taniqli olimlardan fiqh, hadis, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, adabiyotshunoslik kabi ilmlardan saboq olib, yetuk faqih bo‘lib yetishadi. „Aliyzoh“, „Al-iqnoʻ fi-llug‘a“, „Al-muqaddima fi-nnahvi“, „Al-misboh fi-nnahvi“, "Muxtasar „Islohu-lmantiq“, „Al-mug‘rib“ nomli asarlar yozadi. „Xalifatu-zZamaxshariy“ (Zamaxshariyning xalifasi, o‘rinbosari) degan sharafli nomga ega bo‘ladi. Alloma 1213-yilda Xorazmda vafot etadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org