ABULFARAJ ISFAHONIY
ABULFARAJ ISFAHONIY (897, Isfahon — 967.21.11, Bag’dod) — Arab yozuvchisi. Umaviylarning Marvon II naslidan. Arab adabiyoti she’riyati va tarixi bo’yicha yetuk olim bo’lgan. Hadis, grammatika, lug’atchilik, tabobat, astronomiya bilan shug’ullangan. Abulfaraz Isfahoniyning 20 jildli “Al-Ag’oniy al-Kabir” (“Qo’shiqlar kata kitobi”) ida Arab she’riyati haqida mufassal ma’lumotlar beriladi. Bu kitob 1285 yilda Misrda nashr etilgan, Yevropada mashhur bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz