Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz
Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz (arabcha: أبو البختري سعيد بن فيروز — Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz at-Toiy al-Kufiy) — kufalik faqih va muhaddis, tobeʼin.
Abu-l-Baxtariy, Saʼid ibn Feruz asli arab millatidan bo‘lmagan Toy qabilasining asoschilaridan. Kufada yashagani uchun al-Kufiy nisbasi va Ibn Abu Imron ismi bilan ham zikr qilinadi.
Hadislari
Abu Barza al-Aslamiy, Ibn Abbos, Ibn Umar, Abu Saʼid al-Xudriy kabi sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa Amr ibn Murra, Ato ibn Soib, Habib ibn Abu Sobit, Yazid ibn Abu Ziyod kabi tobeʼinlar hadis rivoyat qilganlar.
Faoliyati
Kufalik faqih va hofiz Habib ibn Abu Sobit Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz va taniqli hadis hofizi, qori va mufassir Saʼid ibn Jubayrlar o‘zaro suhbat qurganlarini zikr qila turib, ular ichida olimrog‘i va faqihi Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz ekanini naql qilgan. Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz xalifa Abdulmalik ibn Marvon davrida Kufa voliysi bo‘lgan Hajjojga qarshi isyon qilgan Ibn al-Ash’asni qo‘llab-quvvatlagan olimlardan. Ibn Siriynning maʼlum qilishicha, yaqin do‘stlari uni o‘zlariga rahbar bilib, hurmat qilishar edi.
Oʻldirilishi
Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz Hajjojga qarshi bo‘lib o‘tgan Dayr al-jamojim jangida o‘ldirilgan. U Bag‘dod yaqinidagi Dujayl degan joyda o‘ldirilgani haqida ham maʼlumot mavjud.
Manbalarda Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz qayg‘uli xabar eshitganda darrov yig‘laydigan darajada taʼsirchan va o‘ta kamtar shaxs bo‘lgani ham maʼlum qilingan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org