ABULBAQO IBI BAHOUDDIN



ABULBAQO IBI BAHOUDDIN (16- asr 1-yarmi —17 – asr 1 – choragi) — tarixchi. Xoja Ahmad ibn Jaloluddin Kosoniy (Maxdumi A’zam) ning nabirasi bo’lib, Abdulazizxon (1540-49) saroyida kichik davlat lavozimi (hukmgir)da turgan. U bobosiga atab “Jome’ul-Maqomoti Maxdumi A’zam” (“Maxdumi A’zam maqomotining majmui”) kitobini yozgan (1617). Bu asarda Maxdumi A’zamning hayotiga oid ma’lumotlardan tashqari, Movarounnahrning 16-asr birinchi yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda Shayboniylar bilan Eron o’rtasidagi munosabatlarga oid qimmatli ma’lumotlar bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz