Abu-l-Asbagʻ Abdulaziz al-­Andalusiy





Abu-l-Asbagʻ Abdulaziz al-­Andalusiy (arabcha: أبو الأصبغ عبد العزيز الأندلسي — Abu-l-Asbag‘ Abdulaziz ibn Abdulmalik ibn Nasr al-Andalusiy al-Hofiz al-Umaviy) — hadis hofizi.


Andalusiyaning Qurtuba (Kordova) shahridan yeti­shib chiqqan Abu-l-Asbag‘ Abdulaziz al-Andalusiy 941-yil (hiriy 328-yil)da Andalus olimlarining suhbatida bo‘lib, ulardan hadis eshitadi.




Hadis ilmi



So‘ng hadis ilmi talabida mashriq va mag‘rib yurtlariga safarga chiqib, Misr­da Yunus ibn Abdulaʼlo, Ahmad ibn Abdurrahmon ibn Vahb va ularning safdoshlaridan, Shomda Hishom ibn Ammor, Muhammad ibn Aziz al-Ayliy, ularning safdoshlari va boshqa ko‘plab olimlardan taʼlim oladi. 954-yil (hijriy 341-yil)da Kufa, keyin Isfahonda bo‘lib, 954-yil (hijriy 342-yilramazon oyi) yanvar oyida Isfahondan Nishopurga keladi va u yerda 958-yil (hijriy 345-yil)ga qadar yashaydi. Keyin Marvga, undan Buxoroga kelib, u yerda Ibn Xanabdan, so‘ng Kushoniyada Ali ibn Muhtoj va Abu Yaʼlo an-Nasafiylardan tahsil oladi. Shoshga, u yerdan Isfijobga borib, olimlardan ko‘plab hadis yozib oladi. Safari yakunida olim Buxoroni vatan tutib, hayo­tining so‘nggi yillarini o‘sha yerda o‘tkazadi.



Hadislari



Abu-l-Asbagʻ Abdulaziz al-­Andalusiy Makka shahrida Abu Saʼid Ahmad ibn Muhammad ibn Ziyod al-Aʼrobiy, Bag‘dodda Abu Ali Ismoil ibn Muhammad as-Saffor, Abu Sahl Ahmad ibn Muhammad al-Qatton, Isfahonda Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad al-Hofiz, Damashqda Abu-l-Hasan Xaysama ibn Sulaymon at-Tarabulusiy, Marvda Abu Ali al-Husayn ibn Muhammad as-Sag‘oniy va boshqalardan hadis eshitgan. O‘z navbatida, olimning ilmidan Ahmad ibn Abdulaziz al-Makkiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh al-Hofiz va Buxoro ahllari bahramand bo‘lganlar.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz