Abu-l-Arab





Abu-l-Arab (arabcha: أبو العرب — Abu-l-Arab Muhammad ibn Ahmad ibn Tamim at-Tamimiy) — molikiy faqihi, muhaddis va tarixchi.


Abu-l-Arab al-Qayravoniy hamda al-Mag‘­ribiy nisbalari bilan ham zikr qilinadi. Obro‘li oilaga mansub bo‘lgan Abu-l-Arabning katta bobosi Tammom xalifa Horun ar-Rashid (786-809-yillar) davrida Shimoliy Afrikada boshqaruv va harbiy vazifalarda faoliyat olib borgan, baʼzi voqealarda bevosita ishtirok etgan va maʼlum muddat Bag‘dodda hibsda ham bo‘lgan. Otasi esa ko‘proq ilm bilan mashg‘ul bo‘lgan.




Taʼlimi



Abu-l-Arab yoshlik yillaridan ilmga rag‘bat qilgan. Shimoliy Afrikaning peshqadam olimlaridan Sahnunning shogirdi bo‘lgan. Shuningdek, Yahyo ibn Umar al-Andalusiy, Iso ibn Miskin, Himos ibn Marvon va Ibn al-Haddod al-Mag‘ribiy kabi faqihlardan taʼlim olgan. Abu-l-Abbos Tammom va Abu Jaʼfar Tamim nomli ikki o‘g‘li b-n birga Ibn Abu Zayd, Abu-l-Hasan ibn Ziyod, Hasan ibn Saʼid al-Harrot, Hasan ibn Mas’­ud, Muhammad ibn Horis al-Xushaniylar Abu-l-Arabdan taʼlim olganlar.



Faoliyati



Abu-l-Arab fotimiylarning Tunisga kelishi va ag‘labiylarning ular bilan kurashishiga guvoh bo‘ladi. Murabbiylik, kotiblik bilan shug‘ullangan va manbalarda 3500 dan ortiq kitobni ko‘chirgani zikr qilingan.



Asarlar




Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz