Abulali Husayn Lomishiy





Abulali Husayn Lomishiy (arabcha:أبو العالي حسين اللوميشي — Abulali Husayn Lomishiy — Toʻliq ismi:Abulali Husayn ibn Ali Abulqosim Imodiddin Lomishiy) — muhaddis, faqih va tarixchi.



Hayoti va Faoliyati



Abulali Husayn Lomishiy 1049-yili Farg‘ona vodiysining Andijon shahri yaqinidagi Lomish (Ilomish) qishlog‘ida tug‘ilgan. Ilm talabida o‘zga yurtlarga sayohatlar qilib, hadis tinglagan. Buyuk faqih, muhaddis va tarixchi sifatida tanilgan. „Az-ziyodot“, „Al-fatavoi-l-Lomishiy“, „Voqeʼoti-l-Lomishiy“ kabi mumtoz asarlar yozgan. Imomiddin Lomishiy 1128-yil 2-sentyabrda Samarqandda vafot etgan.



Manbalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz