Abulabbos Nahovandiy




Nahovandiy Abulabbos Ahmad bin Muhammad bin Fazl – “Nasoyim ul-muhab­bat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Jaʼfar Xuldiyning shogirdi. Abu Abdulloh Boku b-n suhbatdosh boʻlgan. Axiy Faraj Zanjoniyning ustozi. Farosat nuri b-n munavvar boʻlgan zotlardan. Ansoriy uni 10 ta eng yetuk shayxlar qatorida sanagan. “Nasoyim ul-muhabbat”da uning rahnamoligi b-n bir nasroniy islomni qabul qilib, shayxlik maqomiga yetishgani haqida hikoyat mavjud.


Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirib kiritgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz