Abu-l-Abbos Muhammad as-Saraxsiy





Abu-l-Abbos Muhammad as-Saraxsiy (arabcha: أبو العباس محمد السرخسي — Abu-l-Abbos Muhammad ibn Abdurrahmon ad-Dog‘uliy as-Saraxsiy,?, Saraxs — 975 yoki 999-yil) —muhaddis va faqih.



Hayoti va faoliyati



Abu-l-Abbos Muhammad as-Saraxsiy mashhur muhaddis, imom va faqih bo‘lib, Buxoro va Nishopurda hadisdan taʼlim olgan, Saraxsda va’zlar o‘qigan. Abu Saʼd as-Sam’oniyning maʼlumotiga ko‘ra, birinchi bo‘lib shofe’iylikni Saraxsda targ‘ib etgan. Iroqda bo‘lgan. Movarounnahr va Xurosonda uning sakkiz shogirdi, Iroq va Marvda uchta ustozi borligi qayd etilgan. „Al-Mu’jam“ nomli hadislar to‘plami muallifi.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz