Abu-l-Abbos ibn Masruq





Abu-l-Abbos ibn Masruq (arabcha: أبو العباس بن مسروق — Abu-l-Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Masruq at-Tusiy, ?, Eron — 911,?) — tasavvuf shayxi.




Hayoti va faoliyati



„Nasoyim ul-muhabbat“da tilga olingan tasavvuf shayxi. Eronning Tus shahrida tug‘ilib, Bag‘dodda yashagan. Muhammad ibn Mansur at-Tusiy, Horis al-Muhosibiy, Sariy as-Saqatiy, Muhammad ibn al-Husayn al-Burjaloniydan tasavvuf ilmlarini o‘rgangan. Abu Abdulloh ar-Ro‘dboriyning ustozi. Junayd al-Bag‘dodiyning yaqin safdoshi. Abu-l-Abbos ibn Masruq hadis naql qiluvchilardan bo‘lib, u Ali ibn al-Jaʼd, Xalaf ibn Hishom, Ahmad ibn Hanbal va Ali ibn al-Madiniylardan rivoyat qilgan. Shu bilan birga undan Abu Bakr ash-Shofeʼiy, Jaʼfar al-Xoldiy, Muxallad al-Boqarhiy, Ibn Ubayd al-Askariy va Abu Bakr al-Ismoiliylar hadis rivoyat qilganlar. Junayd al-Bag‘dodiydan rivoyat qilingan naqllarga ko‘ra, u valiylarning abdollar toifasidan hisoblangan.



Vafoti



Abu-l-Abbos ibn Masruq 84 yoshida vafot etgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz