Abulabbos bin Masruq




Abulabbos bin Masruq, Ahmad bin Muhammad bin Masruq (911-yilda vafot etgan) – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Eronning Tus shahrida tugʻilib, Bagʻdodda yashagan. Muhammad bin Mansur Tusiy, Horis Muhosibiy, Sariy Saqatiy, Muhammad bin Husayn Burjaloniydan tasavvuf sirlarini oʻrgangan. Abu Abdulloh Roʻdboriyning ustozi. Junayd Bagʻdodiyning yaqin safdoshi. Navoiy “Nasoyim ul-muhab­bat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz