Abu-l-Abbos at-Tusiy
Abu-l-Abbos at-Tusiy (arabcha: أبو العباس الطوسي — Abu-l-Abbos al-Fazl ibn Sulaymon at-Tusiy, VIII asr) — noib.
Hayoti va faoliyati
Xalifalikning Xuroson va Seyistondagi noibi (782-786-yillar), amir Abu Muslim safdoshi. Movarounnahr ham uning nazoratida bo‘lgan. Abu-l-Abbos at-Tusiy ko‘chmanchi qabilalar hujumidan saqlanish uchun Buxoro bilan Sug‘d oralig‘ida devor qurdirgan. Har bir farsaxga (1 farsax — 6-7 km ga teng) bittadan darvoza, har yarim mil masofada bittadan mustahkam minora barpo etgan. Baʼzi manbalarda Abu-l-Abbos at-Tusiy Buxoroning vayron bo‘lgan devorlarini tiklagan, deb yoziladi. Abu-l-Abbos at-Tusiy mamlakat obodonchiligi yo‘lida ko‘p ishlarni amalga oshirgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org