Abu-l-Abbos al-Mustagʻfiriy
Abu-l-Abbos al-Mustagʻfiriy (arabcha: أبو العباس المستغفري — Abu-l-Abbos Jaʼfar ibn Muhammad ibn al-Mu’tazz ibn Muhammad ibn al-Mustag‘fir ibn al-Fath ibn Idris al-Mustag‘firiy an-Nasafiy as-Samarqandiy, 961/350 — Nasaf — 1041/432) — faqih, muhaddis va tarixchi.
Taʼlimi
Abu-l-Abbos al-Mustag‘firiy dastlabki taʼlimni o‘z ona shahri Nasafda olib, so‘ng Xuroson va Movarounnahrning Marv, Saraxs, Nishopur, Buxoro va Samarqand shaharlarida yashab, hanafiy mazhabi faqihi bo‘lib yetishgan. Ko‘plab hadislarni to‘plagan va ularni yoddan bilgan.
Hadislari
U Zohid ibn Ahmad as-Saraxsiy, Ibrohim ibn Luqmon, Abu Saʼid Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulvahhob ar-Roziy, Ali ibn Muhammad ibn Saʼid as-Saraxsiy va Jaʼfar ibn Muhammad al-Buxoriylardan hadis rivoyat qilgan. Olimdan, shuningdek, al-Hasan ibn Abdulmalik an-Nasafiy, Abu Nasr Ahmad ibn Jaʼfar al-Kosoniy, hofiz al-Hasan ibn Ahmad as-Samarqandiy va voiz Ismoil ibn Muhammad an-Navhiylar hadis rivoyat qilganlar.
Faoliyati
987-yildan Nasaf jome masjidida maʼruzalar o‘qigan. Umrining oxirlarida Nasafning qozisi lavozimida ishlagan. Qator muarrixlar Abu-l-Abbos al-Mustagʻfiriy yashagan davrda Movarounnahrda unga teng keladigan olim bo‘lmagan, deb allomaning ilmiy salohiyatini yuqori baholaganlar. U haqida maʼlumot bergan tarixnavislarning aksariyati Abu-l-Abbos al-Mustagʻfiriyni „Sohib at-tasanif al-kasira“ (Ko‘pdan-ko‘p asarlarning muallifi), deb taʼriflaganlar.
Asarlari
Bulardan tashqari, manbalarda alloma qalamiga mansub asarlardan „Kitāb al-manāmāt“ (Tushlar haqida kitob), „Kitāb maʼrifa as-sahāba“ (Sahobalarni bilish haqidagi kitob) va „Kitāb ash-shi’r va-sh-shu’arā“ (She’r va shoirlar haqida kitob) kabi asarlari ham zikr qilinadi. Bu asarlardan ayrimlari bizning davrimizgacha yetib kelgan bo‘lsa-da, ko‘plari haqida yo‘qolib ketgan degan fikrlar mavjud.
Vafoti
Abu-l-Abbos al-Mustagʻfiriy taxminan 80 yoshlarida vafot etgan.
Adabiyotlar
Manbalar
.
uz.wikipedia.org