Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy





Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy (arabcha: أبو العباس أحمد البجيري) — Abu-l-Abbos Ahmad ibn Abu-l-Hasan Muhammad ibn Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim as-Sug‘diy al-Xushufag‘niy,? — 372/982,?) — muhaddis va roviy.




Hayoti va faoliyati



Ahmad al-Bujayriy va Ahmad al-Xushufag‘niy nomlari bilan ham mashhur bo‘lgan. Dastlabki ilmini tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i Xushufag‘nda, bobosi Abu Hafs al-Bujayriydan olgan. Manbalarda keltirishicha, Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy bobosining „Al-Jāmi’ as-sahӣh“ („Ishonchli to‘plam“) va „Kitāb as-safӣna“ („Kema kitobi“) asarlaridan tahsil olgan va ularni to‘liq o‘zlashtirgan. Keyinroq Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy o‘z davrining yetuk muhaddislaridan hadis eshitgan va yozib olgan. O‘z navbatida, undan ham bir qancha muhaddislar hadis rivoyat qilganlar.



Vafoti



Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy 372-yil rabi’ul-avval / 982-yil avgust-sentabr oylarida vafot etgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz